Yordam
Savolingizga javob topmasangiz, to'g'ridan-to'g'ri yozing — tez javob beramiz.
Ilovaga kirish
Kod kelmayapti
SMS 1-2 daqiqada keladi. Kelmasa: raqam to'g'ri kiritilganini tekshiring, telefonda aloqa borligiga ishonch hosil qiling va 1 daqiqadan keyin "Qayta yuborish" ni bosing. Baribir kelmasa, Telegram orqali kirish tugmasidan foydalaning.
Telegram orqali kirish qanday ishlaydi
Tugmani bossangiz botga o'tasiz, bot telefon raqamingizni so'raydi. "Raqamni yuborish" ni bossangiz ilovaga avtomatik kirasiz. Raqamingizni botdan boshqa hech kim ko'rmaydi.
Yo'lovchilar uchun
Joyni qanday band qilaman
Bosh sahifada yo'nalish va sanani tanlang, ro'yxatdan mos safarni oching, "Joy band qilish" ni bosing. Haydovchi tasdiqlagach sizga bildirishnoma keladi va telefon raqami ochiladi.
Haydovchi qayerdaligini qanday ko'raman
Buyurtmangiz tasdiqlangan va haydovchi "Safarni boshlash" ni bosgan bo'lsa, safar sahifasida yashil karta chiqadi. Uni bossangiz xaritada ko'rsatadi.
Buyurtmani bekor qilsam bo'ladimi
Ha, safar boshlanmaguncha. "Buyurtmalarim" bo'limidan bekor qiling. Iltimos, buni imkon qadar erta qiling — haydovchi o'rningizga boshqa yo'lovchi topsin.
Haydovchilar uchun
Qanday haydovchi bo'laman
Profil bo'limida ismingizni va rasmingizni qo'shing, so'ng mashina ma'lumotlarini kiriting. Shundan keyin "Haydovchi" bo'limi ochiladi va safar e'lon qila olasiz.
Hamyon nima uchun kerak
Har bir tasdiqlangan yo'lovchi uchun balansdan xizmat haqi yechiladi. Yo'lovchi bekor qilsa qaytariladi. Balansni to'ldirish uchun ilovada ko'rsatilgan kartaga o'tkazing va chekni yuboring — tasdiqlangach balansga qo'shiladi.
Safarni boshlaganda nima bo'ladi
"Safarni boshlash" ni bosganingizdan keyin joylashuvingiz safar davomida yo'lovchilarga va dispetcherga ko'rinadi. Bu xavfsizlik uchun. Safarni yakunlaganingizda kuzatuv darhol to'xtaydi va yozuv o'chiriladi. Batafsil: maxfiylik siyosati.
Safarni TOPga chiqarish nima
Safaringiz qidiruv natijalarida birinchi ko'rinadi — yo'lovchi tezroq topadi. Narxi hamyon balansidan yechiladi.
Hisob
Hisobimni qanday o'chiraman
Hisobni o'chirish sahifasiga o'ting. O'chirish qaytarib bo'lmaydi.
Shikoyat qilmoqchiman
Haydovchi yoki yo'lovchi xatti-harakatidan norozi bo'lsangiz, safar tafsilotlari bilan Telegram orqali yozing. Har bir murojaatni ko'rib chiqamiz.